Tölov va karta talab qilinmaydi

Hostingni 1 OY BEPUL sinab köring

MIR 2 GB yoki Tas-IX 100 tarifi 30 kunga bepul. Öz domeningizni ulaysiz, bepul SSL va ISPmanager panel bilan. Yoqsa — istalgan tarifni tanlab davom ettirasiz.

1885+
Faol sayt
99.9%
Uptime
24/7
Texnik yordam

Bepul oyda nima beriladi?

Pullik hostingdagi bilan bir xil server va panel — faqat 30 kun bepul.

2 GB yoki 100 MB disk

MIR tanlasangiz — MIR 2 GB tarifi (2 GB disk). Tas-IX tanlasangiz — Tas-IX 100 tarifi (100 MB disk).

1 ta öz domeningiz

Hosting olayotganda domeningizni yozasiz — u avtomatik ulanadi. Subdomen berilmaydi, domen özingizniki bölişi kerak.

MIR yoki Tas-IX

MIR — xalqaro tarmoq, PHP, Python va Node.js. Tas-IX — Özbekiston içki tarmoği, PHP.

Bepul SSL sertifikat

Avtomatik HTTPS, Let's Encrypt sertifikati. Brauzerda yaşil qulf — Google reytingida ham yutuq.

Tez yuklaniş

HTTP/2, HTTPS va nginx — sahifalar tez oçiladi.

ISPmanager panel

Zamonaviy boşqaruv paneli: fayllar, MySQL, poçta, cron — hammasi bitta joydan.

Şartlar va çeklovlar

Bepul oyning barça şartlari oldindan.

Bepul oyning çegaralari

Bepul hosting har bir akkauntga faqat bir marta beriladi
Faqat bitta domen ulanadi; bepul davrda boşqa domen qöşib bölmaydi
Bepul davrda poçta yuboriş çeklangan (soatiga 10 ta xat)
30 kundan keyin uzaytirilmasa hosting töxtatiladi; fayllar yana 30 kun saqlanadi, keyin öçiriladi

4 qadam — bir neça daqiqada tayyor

Murakkab sozlaş yöq.

1

Röyxatdan ötiş

Email va parol bilan akkaunt yarating va emailingizni tasdiqlang.

2

Tur va domenni tanlaş

MIR yoki Tas-IX ni tanlang va domeningizni yozing.

3

Hosting yaratiladi

Bir-ikki daqiqada hosting tayyor böladi, kiriş ma'lumotlari emailingizga keladi.

4

Saytni yuklaş

Domeningiz NS serverlarini biznikiga yönaltiring va fayllarni yuklang.

30 kundan keyin

Yoqsa — şu turdagi istalgan tarifni tanlab uzaytirasiz. Sayt va ma'lumotlar joyida qoladi, çeklovlar olib taşlanadi.

Tariflarni köriş →
MIR ECO 3 GB
8 000 so'm/oy
  • 3 GB SSD disk
  • 2 domen
  • 1 MySQL bazasi
  • ISPmanager 6
  • Avtomatik SSL va backup

Tez-tez beriladigan savollar

Bepul oy haqida eng köp söraladigan savollar.

Bepul oy haqiqatan ham bepulmi?
Ha. 30 kun davomida tölov olinmaydi, karta söralmaydi, avtomatik tölov yöq. 30 kundan keyin özingiz xohlasangizgina tarif tanlab tölaysiz.
Bepul hostingni neça marta oliş mumkin?
Har bir akkauntga bir marta. Bir domen uçun ham bepul hosting faqat bir marta beriladi.
Qaysi tarif beriladi?
Özingiz tanlaysiz: MIR 2 GB (xalqaro tarmoq) yoki Tas-IX 100 (Özbekiston içki tarmoği).
30 kundan keyin nima böladi?
Muddat tugaşidan oldin email va SMS orqali eslatamiz. Şu turdagi istalgan tarifni tanlab uzaytirasiz. Uzaytirmasangiz hosting töxtatiladi, fayllar yana 30 kun saqlanadi, keyin öçiriladi.
Boşqa domen qöşsam böladimi?
Bepul davrda yöq — faqat hosting olayotganda yozgan domeningiz ulanadi. Pullik tarifga ötgaç, tarifingizdagi domenlar soni böyiça qöşişingiz mumkin.
Pullik tarifga ötganda ma'lumotlar saqlanadimi?
Ha. Sayt töxtamaydi, fayllar va bazalar joyida qoladi, çeklovlar olib taşlanadi.

Avval sinab köring, keyin qaror qiling

30 kun bepul. Karta talab qilinmaydi.

1 oy bepul boşlaş
🌐 Til
🇺🇿 O⁠'zbek 🇺🇿 Özbek (yangi) ✓ 🇺🇿 Ўзбек 🇷🇺 Русский 🇬🇧 English