Google Search Console (GSC) — Google'ning bepul vositasi bölib, saytingiz qidiruv natijalarida qanday işlaşini körsatadi. SEO bilan jiddiy şuğullanmoqçi bölsangiz, bu birinçi örnatadigan vositangiz. Analytics trafikni ölçaydi, GSC esa Google bilan saytingiz örtasidagi aloqani körsatadi.
Nima uçun kerak?
1) Qaysi kalit sözlar orqali saytingiz topilayotganini körasiz. 2) Qaysi sahifalar indekslangan, qaysilari yöq. 3) Texnik xatolar (404, server xato, mobil muammolar). 4) Backlink (boşqa saytlardan havolalar) röyxati. 5) Yangi sahifani indekslaşni söraş. 6) Google jazosi (manual action) bormi yöqmi.
Örnatiş 1-qadam: domenni qöşiş
search.google.com/search-console saytiga Google akkaunt bilan kiring. "Add Property" tugmasini bosing. Ikki variant: Domain (butun domen, barça subdomenlar) yoki URL prefix (faqat bitta manzil). Domain variant tavsiya etiladi — töliq qamrov beradi.
2-qadam: egalikni tasdiqlaş
Domain variant uçun DNS orqali tasdiqlanadi: GSC bergan TXT yozuvni domeningiz DNS sozlamalariga qöşasiz. URL prefix uçun esa: HTML fayl yuklaş, HTML meta tag, Google Analytics yoki Tag Manager orqali. Eng oson — agar GA4 allaqaçon örnatilgan bölsa, bir click bilan tasdiqlanadi.
3-qadam: sitemap yuboriş
Tasdiqlangaç, çap menyuda "Sitemaps" bölimiga öting. sitemap.xml manzilini kiriting va "Submit" bosing. Google endi barça sahifalaringizni tezroq topadi. Yangi saytlar uçun bu indekslanişni bir neça kunga tezlaştiradi.
Asosiy hisobotlar
Performance: qaysi sörovlar (queries) orqali neça marta körsatilgan (impressions), neça marta bosilgan (clicks), örtaça pozitsiya va CTR. Eng muhim bölim — qaysi kalit sözlarda kuçli, qaysilarini yaxşilaş kerakligini körsatadi.
Pages (Indexing): qança sahifa indekslangan, qaysilari "excluded" va nima uçun. "Crawled - currently not indexed" — kontent sifati past bölişi mumkin. "Discovered - not indexed" — Google hali ulgurmagan.
Experience: Core Web Vitals (LCP, INP, CLS), mobil moslik, HTTPS holati.
URL Inspection
Istalgan sahifa manzilini yuqoridagi qidiruv qatoriga kiriting — Google buni qanday körişini, indekslanganmi, qaçon oxirgi marta tekşirganini körsatadi. Yangi yoki yangilangan sahifa uçun "Request Indexing" bilan tezkor indekslaşni sörang.
Sayt.uz tajriba
Sayt.uz GSC orqali blog postlari uçun eng yaxşi işlaydigan kalit sözlarni aniqlaydi. "Domen narxi", "hosting tanlaş" kabi sörovlarda pozitsiya yaxşilanganini kuzatib, kontentni şunga moslab yangilaymiz.
Yandex Webmaster bilan birga
Özbekiston bozori uçun Yandex ham muhim. webmaster.yandex.ru — GSC'ning Yandex versiyasi. Ikkalasini ham örnating: Google global, Yandex mahalliy trafikni qamrab oladi.