Saytingiz birdaniga 'open emas'. Mijozlar ketadi, Google rate pasayadi. Tezda topish va tuzatish kerak.
1. Tezkor tekshiruv (1 daqiqa)
Boshqa qurilmadan, boshqa internetdan kiring. Sizning brauzeringiz cache muammosi bo'lishi mumkin. isitdownrightnow.com — boshqalarga ham yopiqmi tekshirish.
2. Statuslar (1 daqiqa)
Hosting provider status sahifasi (hosting.uz/status, status.cloudflare.com). Provayder muammosi bo'lsa — kutish kerak.
3. DNS tekshiring (2 daqiqa)
nslookup yoki dig komandalari. Domeningiz IP qaytaryaptimi? Yo'q bo'lsa — DNS nosozligi. dnschecker.org da global ko'rish.
4. SSL muddati (1 daqiqa)
Brauzer 'Sertifikat eskirgan' xatosi chiqarayaptimi? Muddati tugagan bo'lsa — yangilash kerak.
5. Server resurslar (2 daqiqa)
Hosting cPanel'ga kirib — CPU, RAM, disk. 100% to'liq bo'lsa — sayt to'xtagan. Process kill yoki resurs upgrade.
6. Error log (2 daqiqa)
cPanel → Error log. PHP fatal error, MySQL connection refused — sabab. Recent code o'zgarishlardan keyin paydo bo'lsa — rollback.
7. Database (1 daqiqa)
phpMyAdmin yoki tools.io. DB connection xatosi — credentials xato yoki overload. Restart yoki upgrade.
Profilaktika
UptimeRobot bepul monitoring. Email/SMS alert. Backup kunlik. Cloudflare oraliq sahifa downtime'da.