Xizmat ko'rsatish shartnomasi (ommaviy taklif)
1.1. Ushbu hujjat "SAYT INFO" MCHJ (bundan keyin Ijrochi) ning sayt.uz sayti orqali xizmat ko'rsatish bo'yicha har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga (bundan keyin Mijoz) qaratilgan ommaviy taklifidir.
1.2. Saytda ro'yxatdan o'tish yoki xizmat uchun to'lov qilish ushbu ofertani to'liq va so'zsiz qabul qilish (aksept) hisoblanadi. Aksept paytidan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
1.3. Oferta O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq yozma shartnoma kuchiga ega.
3.1. Ijrochi Mijozga domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish va uzaytirish, hosting, virtual server (VPS), SSL sertifikat, sayt yaratish va texnik xizmat ko'rsatish xizmatlarini saytda e'lon qilingan tariflar bo'yicha ko'rsatadi, Mijoz esa ularni to'laydi.
3.2. Xizmat tarkibi va narxi buyurtma berilgan paytdagi tarif bilan belgilanadi.
4.1. Mijoz ro'yxatdan o'tishda to'g'ri va to'liq ma'lumot beradi va uni o'z vaqtida yangilab boradi.
4.2. Shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirish Mijozning o'zi harakat qilgani deb hisoblanadi. Parolni maxfiy saqlash Mijoz zimmasida.
4.3. Ruxsatsiz kirish aniqlansa yoki unga shubha bo'lsa, Mijoz bu haqda Ijrochiga darhol xabar beradi.
5.1. Xizmatlar narxi saytdagi tariflarda O'zbekiston so'mida ko'rsatilgan.
5.2. Xizmatlar 100% oldindan to'lov asosida ko'rsatiladi. To'lov balansga tushadi, xizmat narxi balansdan yechiladi.
5.3. To'lov sanasi deb pul balansga tushgan sana hisoblanadi.
5.4. To'lov usullari To'lov va pulni qaytarish sahifasida keltirilgan. Mijoz faqat shu usullar bilan to'laydi; boshqa yo'l bilan yuborilgan pul uchun Ijrochi javobgar emas.
5.5. Bank va to'lov tizimlari komissiyasini, agar to'lov usulida boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, Mijoz to'laydi.
5.6. Ijrochi tariflarni o'zgartirishga haqli. Yangi narx allaqachon to'langan xizmat muddatiga ta'sir qilmaydi.
6.1. Pul hisob egasining yozma arizasi asosida qaytariladi. Ariza shaxsiy kabinetdagi murojaat orqali yoki info@sayt.uz manziliga yuboriladi.
6.2. To'langan, lekin hali faollashtirilmagan xizmat uchun pul to'liq qaytariladi. Balansdagi ishlatilmagan mablag' ham ariza asosida qaytariladi.
6.3. Uchinchi tomonga to'lov o'tkazilgan xizmatlar uchun pul qaytarilmaydi: ro'yxatdan o'tkazilgan yoki uzaytirilgan domen, chiqarilgan SSL sertifikat.
6.4. Xizmat Mijozning aybi bilan to'xtatilgan yoki o'chirilgan bo'lsa, pul qaytarilmaydi.
6.5. Pul to'lov qaysi usulda qilingan bo'lsa, o'sha usulda qaytariladi. To'lov tizimi yoki bank komissiyasi qaytarilmaydi.
6.6. Ariza 3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
7.1. Domenlar. Domen ro'yxatga olish tegishli domen zonasi reyestri qoidalariga bo'ysunadi. Mijoz domen ma'muri haqida to'g'ri ma'lumot beradi va talab qilinganda uni hujjat bilan tasdiqlaydi. Ma'lumot noto'g'ri bo'lsa yoki tasdiqlanmasa, ro'yxatga olish rad etilishi yoki domen to'xtatilishi mumkin. Domen muddatini o'z vaqtida uzaytirish Mijoz zimmasida.
7.2. Hosting va VPS. Resurslar tanlangan tarif doirasida beriladi. To'lov muddati tugagan xizmat to'xtatiladi. Muddat tugaganidan keyin 30 kun ichida uzaytirilmagan xizmatning ma'lumotlari o'chiriladi va qayta tiklanmaydi. Ma'lumotlarning zaxira nusxasini olish Mijoz zimmasida.
7.3. SSL sertifikatlar. Sertifikat chiqarilgandan keyin buyurtma bekor qilinmaydi.
Xizmatlardan quyidagi maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi:
9.1. Ijrochi xizmatlarni tarifga muvofiq ko'rsatadi, ularning uzluksiz ishlashini ta'minlashga harakat qiladi va texnik yordam beradi.
9.2. Ijrochi rejali texnik ishlar vaqtida xizmatni vaqtincha to'xtatishga haqli.
9.3. Ijrochi oferta shartlari buzilganda, ma'lumotlar noto'g'ri bo'lganda yoki xavfsizlikka tahdid tug'ilganda xizmatni to'xtatib turishga yoki bekor qilishga haqli.
9.4. Mijoz xizmatlarni o'z vaqtida to'laydi, oferta shartlariga va qonunchilikka rioya qiladi.
10.1. Ijrochining javobgarligi to'langan, lekin ko'rsatilmagan xizmat narxi bilan cheklanadi.
10.2. Mijoz o'z saytidagi va serveridagi ma'lumotlar mazmuni uchun o'zi javob beradi.
10.3. Ijrochi uchinchi tomonlar (aloqa operatorlari, reyestrlar, to'lov tizimlari) aybi bilan yuzaga kelgan uzilishlar uchun javob bermaydi.
11.1. Karta orqali to'lovlarga qo'llanadigan cheklovlar va firibgarlikka qarshi nazorat choralari To'lov xavfsizligi sahifasida keltirilgan va ushbu ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
11.2. Ijrochi shubhali to'lovni to'xtatib turishga, rad etishga va to'lovchidan shaxsini tasdiqlashni so'rashga haqli.
12.1. Mijoz ofertani qabul qilish bilan o'z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi.
12.2. Ma'lumotlar faqat xizmat ko'rsatish, qonun talablarini bajarish va firibgarlikning oldini olish maqsadida qayta ishlanadi hamda qonunda ko'rsatilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga berilmaydi. Domen ro'yxatga olish uchun zarur ma'lumotlar tegishli reyestrga uzatiladi.
Tomonlar o'z irodasiga bog'liq bo'lmagan favqulodda holatlar (tabiiy ofat, davlat organlari qarorlari, aloqa tarmoqlaridagi keng ko'lamli uzilishlar va shu kabilar) oqibatida majburiyatlarni bajarmagani uchun javobgar bo'lmaydi.
Nizolar avval muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda ko'rib chiqiladi.
15.1. Ijrochi ofertani bir tomonlama o'zgartirishga haqli. Yangi tahrir saytda e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.
15.2. Shartnoma aksept paytidan boshlab kuchga kiradi va tomonlar majburiyatlarini to'liq bajarguncha amal qiladi.
"SAYT INFO" MCHJ
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi, TashGRES 2/84
Hisob raqam: 2020 8000 9006 4421 7001
Bank: "Aloqabank" ATB Amaliyot boshqarmasi, MFO: 00401
STIR: 304176269, OKONX: 82100
Telefon: +998 71 200 60 02, +998 94 345 60 02
Elektron pochta: info@sayt.uz
Direktor: Abdumuminov T.Sh.