Featured snippet (tavsiya etilgan parça) — Google qidiruv natijasida eng yuqorida, oddiy natijalardan ham balandda çiqadigan maxsus quti. "0-pozitsiya" deb ataladi. Foydalanuvçi savoliga töğridan-töğri javob beradi va katta trafik keltiradi.
Turlari
1) Paragraf — savolga qisqa matn javob (eng tarqalgan, ~70%). 2) Röyxat — raqamli yoki belgili ("5 qadam", retsept). 3) Jadval — narxlar, taqqoslaş. 4) Video — YouTube'dan parça.
Qanday qölga kiritiladi?
Eng muhim şart: avval 1-10 örinda bölişingiz kerak. Google snippet'ni odatda birinçi sahifadagi natijalardan tanlaydi. Keyin kontentni snippet uçun optimallaştirasiz.
Savol-javob formati
Aniq savolni sarlavha (H2) qiling: "Domen qança turadi?". Darrov ostiga 40-60 sözlik aniq javob yozing. Google aynan şu qisqa, töğridan-töğri javobni snippet sifatida oladi.
Röyxat snippet uçun
"Qadamlar" yoki "usullar" haqida yozayotganda aniq <ol> yoki <ul> işlating. Har element qisqa va aniq. Google röyxatni töğridan-töğri oladi.
Jadval snippet uçun
Narx taqqoslaş, xususiyatlar — HTML <table> bilan. Google jadvalni snippet sifatida körsatadi. "DV vs OV vs EV SSL narxlari" kabi.
Savollarni topiş
1) Google'da qidiruvda "People also ask" bölimi. 2) AnswerThePublic.com — savol generatori. 3) GSC'da savol şaklidagi sörovlar. 4) "qanday", "nima", "qança", "nega" bilan boşlanadigan sörovlar.
FAQ schema bilan kuçaytiriş
Sahifaga FAQ Schema.org markup qöşsangiz, Google savol-javoblarni yaxşiroq tuşunadi va snippet hamda "People also ask"da körsatiş ehtimoli oşadi.
Voice search bilan boğliqlik
Ovozli qidiruv (Google Assistant, Alexa) köpinça featured snippet'dan javob öqiydi. Snippet egallaş = ovozli qidiruvda ham javob berasiz.
Ehtiyot böling: "no-click"
Ba'zan foydalanuvçi snippet'dan javobni olib, saytga kirmaydi. Şuning uçun snippet javobini töliq emas, qiziqtiradigan qilib bering — töliq ma'lumot uçun saytga kirişga undang.
Sayt.uz amaliyot
Sayt.uz "domen qança turadi", "SSL nima" kabi sörovlar uçun postlarda aniq savol-javob bloklari bor. Bir neçta sörovda 0-pozitsiyani egalladik — bu sahifaga 1-natijadan ham köproq trafik keltiradi.