'.htaccess' — Apaçe veb-serverining papka darajasidagi konfiguratsiya fayli. Sayt root papkasiga joylaştiriladi va serverni qayta işga tuşirmasdan köplab sozlamalarni özgartiradi: yönaltirişlar, xavfsizlik, keş, URL gözallaştiriş. Nginx'da bu yöq (config faqat admin tomonidan), lekin shared hostingda Apaçe hukmron.
HTTPS'ga majburiy yönaltiriş
Eng birinçi qoida. Barça HTTP sörovlarni HTTPS'ga ötkazadi:
RewriteEngine On
RewriteCond %{HTTPS} off
RewriteRule ^(.*)$ https://%{HTTP_HOST}/$1 [R=301,L]
www'ni olib taşlaş (yoki qöşiş)
www'siz versiyaga yönaltiriş (duplicate content oldini oladi):
RewriteCond %{HTTP_HOST} ^www\.(.*)$ [NC]
RewriteRule ^(.*)$ https://%1/$1 [R=301,L]
301 redirect (eski sahifa → yangi)
Sayt yangilanganda eski manzillarni saqlaş uçun:
Redirect 301 /eski-sahifa.html https://sayt.uz/yangi-sahifa
SEO uçun juda muhim — eski sahifaning kuçini yangisiga ötkazadi.
Çiroyli URL (.php yaşiriş)
blog.php örniga /blog körsatiş:
RewriteCond %{REQUEST_FILENAME}.php -f
RewriteRule ^(.*)$ $1.php [L]
Maxsus xato sahifalari
ErrorDocument 404 /404.php
ErrorDocument 403 /403.php
Fayl himoyasi
Maxfiy fayllarga kirişni taqiqlaş:
<Files ".env">
Require all denied
</Files>
config.php, .git papkasini ham şu tarzda yoping.
Gzip siqiş (tezlik)
<IfModule mod_deflate.c>
AddOutputFilterByType DEFLATE text/html text/css application/javascript
</IfModule>
Brauzer keşi
Statik fayllarni keşlaş:
<IfModule mod_expires.c>
ExpiresActive On
ExpiresByType image/webp "access plus 1 month"
ExpiresByType text/css "access plus 1 month"
</IfModule>
Hotlink himoyasi
Boşqa saytlar rasmingizni özining sahifasida işlatib trafikingizni yeyişini tösadi. RewriteCond bilan Referer tekşiriladi.
Ehtiyot böling
1) Sintaksis xatosi butun saytni öçiradi (500 error). Avval backup oling. 2) Har qoidadan keyin saytni tekşiring. 3) RewriteRule tartibi muhim — yuqoridagi avval işlaydi.
Sayt.uz amaliyot
Sayt.uz '.htaccess'da HTTPS majburiy, .php yaşiriş, 404 sahifa, gzip va keş sozlangan. Maxfiy fayllar (.env, includes/db.php töğridan-töğri kiriş) himoyalangan.