Sayt ochilmayapti yoki 403, 404, 500 xatosi chiqyapti

  • Sayt umuman ochilmayapti — domen muddati va hosting muddati tugamaganini, domen NS yoki A yozuvi to'g'ri ekanini tekshiring.
  • 403 Forbidden — sayt papkasida index.php yoki index.html fayli yo'q, yoki fayl huquqlari noto'g'ri (papkalar 755, fayllar 644 bo'lishi kerak).
  • 404 Not Found — sahifa yoki fayl topilmadi. Fayllar to'g'ri papkaga (sayt papkasiga) yuklanganini tekshiring. WordPress'da «Sozlamalar → Doimiy havolalar» ni qayta saqlang.
  • 500 Internal Server Error — odatda .htaccess dagi xato yoki PHP kod xatosi. Panelda saytning xatolar jurnalini (error log) ko'ring, .htaccess ni vaqtincha qayta nomlab tekshiring.

Sabab topilmasa, sayt manzilini va xato chiqqan vaqtni ko'rsatib murojaat yozing.

Ulashish: Telegram Facebook X
🌐 Til
🇺🇿 O⁠'zbek ✓ 🇺🇿 Özbek (yangi) 🇺🇿 Ўзбек 🇷🇺 Русский 🇬🇧 English