On-page SEO β alohida sahifa ichidagi barcha optimizatsiya: title, kontent, ichki linklar, kalit so'z joylashuvi, meta teglar. Texnik SEO poydevor bo'lsa, on-page β har sahifaning o'zini sotuvchi quroli. Yaxshi on-page bilan oddiy sayt ham yuqori chiqadi.
1. Maqsadli kalit so'z aniqlash
Har sahifa BITTA asosiy kalit so'z uchun. "Domen sotib olish" β bitta sahifa. "SSL nima" β boshqa. Bir sahifa ko'p kalit so'zga moslashtirilsa, hech qaysisida yuqori chiqmaydi.
2. Title tag
50-60 belgi. Kalit so'z boshida. Brand oxirida. Misol: "Domen sotib olish β narxlar va registratsiya | Sayt.uz". Har sahifaga unikal. CTR'ga eng kuchli ta'sir.
3. Meta description
140-160 belgi. Sahifa qiymatini va CTA. Ranking faktori emas, lekin CTR oshiradi. Google qayta yozmasligi uchun aniq va sahifaga mos bo'lsin.
4. H1 sarlavhasi
Sahifada bitta H1. Asosiy kalit so'zni o'z ichiga olsin. Title bilan o'xshash, lekin to'liqroq bo'lishi mumkin. Foydalanuvchi avval shuni o'qiydi.
5. Pastki sarlavhalar (H2, H3)
Kontentni bo'limlarga ajratish. H2 β asosiy bo'limlar, H3 β ichidagi qism. Kalit so'z variantlari (long-tail) shu yerda. Skimming uchun qulay.
6. Kontent uzunligi va sifat
1500+ so'z odatda yuqori rank oladi (ranking faktori emas, lekin to'liq mavzu yoritish β yes). Lekin uzunlik o'rniga FOYDA muhim. Foydalanuvchi savoliga to'liq javob.
7. Kalit so'z zichligi
1-2% β tabiy. Asosiy kalit so'z birinchi 100 so'z ichida bo'lsin. Sinonimlar (LSI keywords) ham ishlatilsin. Stuffing (haddan ko'p) β Google jazolaydi.
8. URL strukturasi
Sahifa kalit so'zini o'z ichiga olsin. sayt.uz/blog/domen-tanlash-qoidalari. Qisqa va o'qiluvchan.
9. Rasmlar β alt text va sifat
Har rasmga aniq alt text (kalit so'z bilan, lekin tabiy). WebP format. Lazy loading. Image sitemap. Google Images katta trafik manbai.
10. Ichki linklar
O'sha sahifadan boshqa tegishli sahifalarga link. Anchor text aniq. Google buni "sayt ichida qiymatli" deb biladi. 3-5 ta ichki link odatda yetadi.
11. Tashqi linklar (outbound)
Ishonchli manbalarga (Wikipedia, ofitsial sayt) havola β Google sizni jiddiy resurs deb biladi. Lekin haddan ko'p emas β 2-3 ta yetadi.
12. Schema markup
FAQ schema, HowTo schema, Article schema β JSON-LD bilan. Rich snippets'ga olib chiqadi.
13. Featured snippet uchun yozish
Aniq savol (H2) + 40-60 so'z to'g'ridan-to'g'ri javob. Google buni "0-pozitsiya" snippet qilib oladi.
14. Foydalanuvchi signali
Bounce rate past, dwell time uzun, scroll chuqur. Yaxshi formatlash (qisqa paragraf, ro'yxat, rasm), sahifa ichi qidiruv, "o'qishni davom ettirish" havolalari.
15. Sayt.uz on-page amaliyot
Sayt.uz blog postlari: title 60 belgi, meta 155, H1 unikal, H2/H3 strukturalangan, FAQ schema, rasm alt, 3-5 ichki link, kontent 1500+ so'z. CTR va dwell yaxshi.