Eski hostingdan Sayt.uz'ga ko'chish bosqichlari:
1. Fayllarni nusxalash
FTP/SFTP orqali barcha fayllarni yuklab olib, yangi hostingga ko'taring.
2. Bazani eksport/import qilish
phpMyAdmin orqali eksport, keyin yangi serverga import. Connection sozlamalarini config.php'da o'zgartiring.
3. DNS yo'naltirish
Domen sozlamalarida nameserverlarni yangi hostingga moslang. To'liq o'tish 2-24 soat.
Tavsiya
Eski hostingni 1 hafta o'chirmang — kafolat sifatida.