Hostingdan foydalanuvçilar ba'zan ğalati vaziyatga tuşib qolişadi: panelda disk hajmining yarmi ham işlatilmagan, lekin sayt yangi rasm yuklay olmaydi, WordPress plagin yangilanmaydi, poçta qutisiga xat tuşmaydi. Xato xabarlarida esa No space left on device yoki Disk quota exceeded degan yozuv çiqadi. Bunday holatda muammo baytlarda emas, fayllar sonida böladi. Har bir fayl va papka fayl tizimida bitta inode egallaydi va hosting tariflarida odatda nafaqat disk hajmiga, balki inode soniga ham çegara qöyiladi.
Inode nima va nega u alohida tugaydi
Inode — bu fayl tizimidagi yozuv bölib, unda fayl haqidagi ma'lumot saqlanadi: egasi, ruxsatlari, ölçami va ma'lumot diskning qayerida joylaşgani. Fayl kiçik böladimi yoki katta, u baribir bitta inode oladi. Şuning uçun bitta 2 GB lik video fayl bitta inode işlatadi, yuz ming dona 1 KB lik keş fayli esa yuz ming inode işlatadi, garçi ularning umumiy hajmi atigi 100 MB atrofida bölsa ham. Aynan şu sababli disk hajmi böş körinsa ham, fayllar soni çegarasiga yetib qoliş mumkin.
Inode limiti tugaganda tizim yangi fayl yaratişga ruxsat bermaydi. Bu esa köp narsalarga ta'sir qiladi: PHP sessiya fayllarini yoza olmaydi va foydalanuvçilar tizimga kira olmaydi, keş plagini yangi sahifa saqlay olmaydi, rasm yuklaş işlamaydi, kelgan poçta xatlari ham saqlanmaydi. Taşqaridan qaraganda bu sayt "buzilgandek" körinadi, aslida esa bitta papkada keraksiz fayllar töplanib qolgan böladi.
Belgilar: muammo aynan inode'dami
Avval hosting panelidagi statistikaga qarang. ISPmanager panelida foydalanuvçi resurslari bölimida disk hajmi bilan birga fayllar soni va uning çegarasi ham körsatiladi. Agar disk hajmi past, lekin fayllar soni çegaraga yaqin bölsa, taşxis aniq. sayt.uz mijozlari hosting panelini töğridan-töğri kabinetdan oçişlari mumkin, alohida login kiritiş şart emas.
Agar hostingingizda SSH yoqilgan bölsa, hisobni terminal orqali ham tekşiriş mumkin. Quyidagi buyruq uy papkangizdagi jami fayl va papkalar sonini körsatadi:
find ~ -xdev | wc -l
Shared hostingda df -i buyruği köpinça butun serverning körsatkiçini beradi, sizning şaxsiy kvotangizni emas, şuning uçun unga töliq işonmang. Şaxsiy limitni panel yoki quota -s buyruği aniqroq körsatadi, agar server unga ruxsat bergan bölsa.
Qaysi papka fayllarni töplagan — topiş usuli
Keyingi qadam — aybdor papkani topiş. GNU coreutils'ning du buyruği hajm örniga inode sonini sanay oladi. Quyidagi buyruq uy papkangizda eng köp fayl saqlagan 20 ta papkani tartib bilan çiqaradi:
du --inodes -x -d 3 ~ 2>/dev/null | sort -n | tail -20
Agar server eski bölib --inodes parametrini tanimasa, xuddi şu işni find bilan qilsa böladi:
for d in ~/*/ ~/www/*/*/; do
printf '%s %s\n' "$(find "$d" -xdev | wc -l)" "$d"
done | sort -n | tail -20
Natijada odatda bir-ikki papka röyxatning eng tepasida keskin ajralib turadi. Amaliyotda eng köp uçraydigan aybdorlar şular: WordPress keş plaginlarining wp-content/cache papkasi, PHP sessiya fayllari saqlanadigan tmp papkasi, yillar davomida tozalanmagan poçta qutilari, oçilib qolgan zaxira arxivlari, hamda serverga töliq yuklangan node_modules yoki vendor papkalari.
Misol: Toşkentdagi onlayn dökon
Tasavvur qiling, misol.uz manzilidagi kiyim dökoni WooCommerce asosida işlaydi. Bir kuni ertalab egasi mahsulot rasmlarini yuklay olmayotganini, mijozlar esa savatga mahsulot qöşa olmayotganini aytadi. Panelda disk hajmi 40 foiz band, lekin fayllar soni çegarada. du --inodes buyruği körsatişiça, wp-content/cache papkasida bir neça yuz ming fayl bor: keş plagini har bir filtr kombinatsiyasi, har bir rang va ölçam uçun alohida sahifa saqlagan. Filtrli kataloglarda bunday "keş portlaşi" tez-tez uçraydi.
Yeçim ikki bosqiçli böldi. Avval keş plagini sozlamalaridan "keşni tozalaş" tugmasi bosildi, ammo fayllar juda köp bölgani uçun plagin vaqt çegarasiga yetib töxtab qoldi. Şundan keyin keş papkasi SSH orqali tozalandi va plagin sozlamalarida filtr parametrli URL'larni keşlamaslik yoqildi. Bir neça daqiqadan söng sayt normal işlay boşladi.
Xavfsiz tozalaş buyruqlari
Öçirişdan oldin har doim nima öçirayotganingizni körib çiqing va muhim ma'lumot bölsa zaxira oling. Keş papkasi saytning özi qayta yaratadigan vaqtinçalik fayllardan iborat, şuning uçun uni tozalaş xavfsiz:
cd ~/www/misol.uz/wp-content/cache
find . -type f -delete
PHP sessiya fayllari odatda sess_ bilan boşlanadi. Ikki kundan eski sessiyalarni öçiriş faol foydalanuvçilarga ta'sir qilmaydi:
find ~/tmp -type f -name 'sess_*' -mtime +2 -delete
Juda köp fayl bölgan papkada rm -rf * buyruği Argument list too long xatosini berişi mumkin, çunki shell barça fayl nomlarini bitta qatorga yiğişga urinadi. find ... -delete bu muammoga duç kelmaydi va katta hajmdagi tozalaşda işonçliroq. Agar SSH bölmasa, ISPmanager fayl menejeri orqali papkani öçiriş mumkin, lekin yuz minglab faylda bu sekin işlaydi va vaqt çegarasiga uçraşi mumkin.
Poçta qutilari ham inode yeydi
Serverlarda poçta odatda Maildir formatida saqlanadi, ya'ni har bir xat alohida fayl. Bir neça yil davomida reklama xatlari, bildirişnomalar va spam öçirilmagan quti ön minglab inode egallaşi mumkin. Bunday hollarda poçta dasturida eski xatlarni arxivlaş yoki "Spam" va "Korzina" papkalarini tozalaş yordam beradi.
Qayta takrorlanmasligi uçun
Muammoni bir marta hal qiliş yetarli emas, uning sababini ham bartaraf etiş kerak. Keş plaginida keşning yaşaş muddatini çeklang va avtomatik tozalaşni yoqing. Sessiya fayllarini muntazam tozalaş uçun panelda kunlik cron vazifa qöşiş mumkin:
0 4 * * * find $HOME/tmp -type f -name 'sess_*' -mtime +2 -delete
Composer yoki npm bilan işlaydigan loyihalarda kerakli kutubxonalarni serverda örnating, lekin build jarayonida hosil bölgan keraksiz papkalarni saqlab qöymang. Zaxira nusxalarni oçib saytning içida qoldirmang, ularni arxiv körinişida saqlang yoki hostingdan taşqariga olib çiqing. Agar sayt tabiiy ravişda juda köp fayl bilan işlasa, masalan katta rasm galereyasi yoki fayl almaşiş xizmati bölsa, yuqoriroq limitli tarif yoki VPS haqida öylaş vaqti kelgan böladi. Aniq limitlar va tarif tanlovi böyiça sayt.uz kabinetidan yoki texnik yordam orqali ma'lumot oliş mumkin.