🛡️
Xavfsizlik

HTTP xavfsizlik sarlavhalari: töliq röyxat

15.04.2026
← Barça maqolalar

HTTP security headers (xavfsizlik sarlavhalari) — server javobiga qöşiladigan maxsus körsatmalar bölib, brauzerга sayt bilan qanday xavfsiz işlaşni aytadi. Töğri sozlangan headerlar XSS, clickjacking, sniffing kabi hujumlarni tösadi. Bir neça qator kod — katta himoya.

1. Strict-Transport-Security (HSTS)

Strict-Transport-Security: max-age=31536000; includeSubDomains

Brauzerga "bu saytga doim HTTPS orqali ulan" deydi. HTTP'ga tuşib qolişni va man-in-the-middle hujumini tösadi. 1 yil (31536000 soniya) tavsiya.

2. Content-Security-Policy (CSP)

Content-Security-Policy: default-src 'self'

Eng kuçli, lekin eng murakkab. Qaysi manbalardan (skript, rasm, stil) yuklaş mumkinligini belgilaydi. XSS hujumini deyarli butunlay tösadi. Boşqa domendan ruxsatsiz JS işlamaydi.

3. X-Frame-Options

X-Frame-Options: SAMEORIGIN

Saytingizni boşqa sayt iframe içiga joylab, foydalanuvçini aldaşini (clickjacking) tösadi.

4. X-Content-Type-Options

X-Content-Type-Options: nosniff

Brauzer fayl turini "taxmin qilişini" tösadi. Yuklangan .txt fayl JS sifatida işga tuşib ketmaydi.

5. Referrer-Policy

Referrer-Policy: strict-origin-when-cross-origin

Boşqa saytga ötganda qança ma'lumot (referrer) yuborilişini çeklaydi. Maxfiylik uçun.

6. Permissions-Policy

Permissions-Policy: geolocation=(), microphone=(), camera=()

Sayt qaysi brauzer imkoniyatlaridan (kamera, mikrofon, joylaşuv) foydalanişini çeklaydi.

Apaçe'da örnatiş (.htaccess)

<IfModule mod_headers.c>
Header always set X-Frame-Options "SAMEORIGIN"
Header always set X-Content-Type-Options "nosniff"
</IfModule>

Nginx'da

add_header X-Frame-Options "SAMEORIGIN" always;

PHP'da

header('X-Frame-Options: SAMEORIGIN');

Tekşiriş

1) securityheaders.com — saytingizni baholaydi (A+ dan F gaça). 2) Mozilla Observatory — çuqurroq tahlil. 3) Brauzer DevTools → Network → Response Headers.

CSP'ni ehtiyot bilan

CSP juda qattiq sozlansa, özingizning JS/CSS ham işlamay qolişi mumkin. Avval "Content-Security-Policy-Report-Only" rejimida sinab köring — buzilmaydi, lekin nima bloklanişini körsatadi.

Sayt.uz amaliyot

Sayt.uz HSTS, X-Frame-Options, X-Content-Type-Options, Referrer-Policy va CSP sozlangan. securityheaders.com'da A baho. Bu foydalanuvçi ma'lumotlari va saytni hujumlardan himoyalaydi.

Öxşaş maqolalar

🈲 SEO spam hujumi: Google'da saytingiz nomidan begona yaponça sahifalar çiqyapti 🐘 PHP'dagi kritik zaifliklar: yangilaşni nega keçiktirmaslik kerak 📚 OJS jurnal saytini himoyalaş: yangilaş, fayllar va botlardan himoya 🧪 Oçiq phpinfo() va unutilgan test fayllari: saytga qanday xavf tuğdiradi
🌐 Til
🇺🇿 O⁠'zbek 🇺🇿 Özbek (yangi) ✓ 🇺🇿 Ўзбек 🇷🇺 Русский 🇬🇧 English