Domen sotib olishda «kontakt xatoligi» chiqyapti

.uz domenlari faqat to'g'ri to'ldirilgan kontakt bilan ro'yxatdan o'tkaziladi. Ko'pincha xato quyidagilardan kelib chiqadi:

  • F.I.Sh. pasportdagidek emas (lotin harflarida, to'liq yozilishi kerak).
  • Pasport seriyasi va raqami bo'sh joy bilan yoki noto'g'ri formatda yozilgan (masalan, AA1234567 shaklida yozing).
  • Pasport berilgan sana yoki JShShIR (14 xonali raqam) noto'g'ri.
  • Tashkilot nomiga olinayotgan bo'lsa, STIR (INN) va tashkilot nomi to'liq ko'rsatilmagan.

Kontaktni Kabinet → Kontaktlar bo'limida tahrirlang va to'lovni qayta urinib ko'ring.

Ulashish: Telegram Facebook X
🌐 Til
🇺🇿 O⁠'zbek ✓ 🇺🇿 Özbek (yangi) 🇺🇿 Ўзбек 🇷🇺 Русский 🇬🇧 English