Domen to'lovdan keyin odatda bir necha daqiqada faollashadi. .uz domenlarida egasining kontakt ma'lumotlari tekshiriladi, shuning uchun ba'zan bir necha soat ketishi mumkin.
- Kabinetdagi Domenlarim bo'limida domen holatini tekshiring.
- Kontaktlar bo'limida F.I.Sh., pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va JShShIR to'g'ri yozilganini tekshiring. Xato bo'lsa, domen faollashmaydi.
- Pul balansga tushganini Balans bo'limida ko'ring.
Agar 24 soatdan keyin ham domen faol bo'lmasa, domen nomini ko'rsatib murojaat yozing.