Bepul SSL Let's Encrypt — yaxshi tanlov, lekin cheklovlari bor.
Let's Encrypt afzalliklari
- Mutlaqo bepul
- 3 oyda avtomatik yangilanadi
- DV darajada — oddiy saytlar uchun yetadi
Cheklovlari
- Faqat DV — kompaniya nomi yo'q
- Wildcard uchun DNS validation kerak
- Texnik bilim talab qiladi (Plesk yengillashtiradi)
Pulli SSL qachon kerak
Banklar, e-commerce, kompaniya identifikatsiyasi muhim bo'lgan saytlar uchun OV/EV sertifikat oling.