Subdomain — asosiy domenning oldida joylashgan qism: blog.sayt.uz, shop.sayt.uz. Bepul, cheksiz miqdorda yaratish mumkin.
Qachon foydali?
1) Alohida kontent turi — blog, magazin, support. 2) Ko'p tilli sayt — uz.sayt.uz, ru.sayt.uz. 3) Bir necha kompaniya tarmoqlari — shop1, shop2. 4) Test/dev — dev.sayt.uz, staging.sayt.uz.
Qachon kerakmas?
SEO maslahati: agar mahsulotingiz va xizmat bir-biriga juda bog'liq bo'lsa — folder yaxshiroq (sayt.uz/blog). Google subdomain'larni alohida sayt sifatida ko'radi.
Texnik sozlash
DNS panelda A yoki CNAME yozuvini qo'shing. blog → IP yoki blog → sayt.uz. Sayt.uz Cabinet → DNS → Add Record. 5 daqiqada faollashadi.
Hosting bilan
Ko'p hostinglar shared'da subdomain bepul. Har subdomain o'z papkasi yoki bitta papka — sizning tanlovingiz.
SSL subdomain uchun
Standart SSL faqat asosiy domenni qoplaydi. Subdomain'lar uchun — Wildcard SSL (*.sayt.uz) yoki har birini alohida ro'yxatdan o'tkazish kerak.
Misol
blog.sayt.uz — blog. dev.sayt.uz — testlar. mail.sayt.uz — email server. cdn.sayt.uz — kontent yetkazish.