Domen registratoringizdan norozimisiz? Xizmat sifati, narx yoki interfeys sabab boshqa kompaniyaga ko'chirish — oddiy jarayon. Lekin xato bosqichlarda yo'qotish ham mumkin.
1. Avval shartlarni tekshiring
Domen 60 kundan ko'p oldin ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak. Yangi sotib olganlar — kutib turish kerak. Shuningdek, muddat tugashidan kamida 15 kun oldin boshlash kerak.
2. Registrator-locker o'chiring
Joriy registrator panelida 'Transfer Lock' yoki 'Domain Lock' yoqilgan bo'ladi. Uni o'chiring — buni qilmasdan transfer boshlash mumkin emas.
3. EPP/Auth kodni oling
Domen 'qo'ldan-qo'lga' o'tishi uchun maxsus kod kerak. Bu — domeningizning 'passport'i. Registrator paneli orqali yoki support ga so'rab oling. Email bilan keladi, 24 soat amal qiladi.
4. Yangi registratorda transfer boshlang
Sayt.uz da: domen qidirishga yozing, 'Transfer' tugmasini bosing, EPP kodni kiriting, to'lang. To'lov — 1 yillik uzaytirish narxida (ya'ni 35,000 so'm .uz uchun).
5. Tasdiqlash
Domen egasiga email keladi — havolaga bosib tasdiqlang. 1-7 kun ichida transfer yakunlanadi. DNS sozlamalari saqlanadi, sayt to'xtab qolmaydi.
Eslatma
.uz uchun .UZ DOMAIN REGISTRY ham bog'lanishi mumkin (kamdan-kam). Sayt.uz support 24/7 yordam beradi.